CHEKISHNING ZARARI HAQIDA

CHEKISHNING ZARARI HAQIDA

13.05.2018 0 By Davolash.uz

CHEKISHNING ZARARI HAQIDA

Tamaki chekib yurgad kishilar yoshligidan har xil kasalli- klarga: yo’tal, o’pkasy sili, oshqozon-ichak yarasi, oriqlanish, ko’z nurining kamayishi va rak kasalliklariga yo’liqishi mumkin.

Oxirida esa tamaki chekkan kishi hassaga tayanib qoladi. Tamakidan keladigan daromad katta er egalariga nihoyatda foyda keltiradi, lekin uning zahridan ming-minglab kishilar ko’p mamlakatlarda halok bo’ladi. XUI-XUI asrlarda Angliyada chekuvchilar o’limga hukm qilinardi.

Ularning boshlarini kesib, og’izlaridagi trubkalari bilan katta maydonlar- da osib qo’yardilar. Pyotr I Gollandiyada bo’lgan vaqtida tamaki chekishga o’rganib qoldi. U Rossiyaga qaytib kelgandan key- in, chekishga va uni sotishga ruxsat berdi, lekin sotuvchi va chekuvchilardan soliq olina boshlandi.

Aslida kishi hayoti uchun eng zaruri aql bo’lsa ham, ko’pgina odamlar o’zlarining vaqtinchalik huzurlarini o’ylab, shu aqlni tamaki, vino, pivo, aroq bilan zaharlashdan toymaydilar. Kishi ichish va chekishni tashlamasa, barcha hayot hodisalarini unga yangidan ochib beruvchi aqliy tiniqlikni yo’qotib, buzuq dunyoqarashga ega bo’lib boradi.

J.Pti va boshqa frantsuz olimlarining ma’lumotlariga ko’ra etuk yoshda o’pka siliga uchragan 100 bemordan 95 tasi che- kuvchilar hisobiga to’g’ri keladi. Olimlar kuniga 1 qutidan sigaret chekadigan kashandalar o’z umrlarini 5 yilga, 2 quti chekadiganlar esa 15 yilga qisqartiradi, degan xulosalarini e’lon qildilar.

«Agar odamlar chekmay qo’ysalar, – deb hisoblaydi mashhur ingliz olimi Djord Dan, – u holda rak kasalliklaridan o’lish darajasi uch hissa kamaygan bo’lur edi. Upka va nafas yo’llarining ba’zi kasalliklari amalda butunlay yo’qolar edi, yurak kasalliklaridan o’lish esa to’rt hissa qamayar edi».

30 yildan ortiq rentgenolog bo’lib ishlagan kishidan: «Sog’lom odamning o’pkasi rentgenda qanday ko’rinadi?» — deb so’rashdi. «Sog’lom odamning o’pkasi rentgenda xud- di yashnagan, ko’m-ko’k maysalarga burkangan vodiyra o’xshab ko’rinadi. Uzoq yillar tamaki chekkan odamning o’pkasi xuddi

chaqir toshlar bilan to’lib-toshgan, qurum bosgan toshloqqa o’xshaydi», – dedi u.
Nikotin qon tomirlarini, ayniqsa, yurakni qon bilan ta’minlovchi tomirlarni qisadi, ko’krak qisishi – stenokar- diya kasalligiga mubtalo qiladi.

V.Sokolovskiyning fikricha: «Homilador ayol chekkanda, uning homilasi boshqa narsadan emas, balki nikotin tufay- li kislorod etishmasligidan nobud bo’ladi».
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

No votes yet.
Please wait...