CHAQALOQ PARVARISHI UCHUN ENG KERAKLI MASLAXATLAR

CHAQALOQ PARVARISHI UCHUN ENG KERAKLI MASLAXATLAR

14.05.2018 0 By Davolash.uz

CHAQALOQ PARVARISHI UCHUN ENG KERAKLI MASLAXATLAR

Homilador ayollar va tug’ishi yaqinlashgan ayollarning tadbirlari xususida alohida mavzular yoritilgan edi. Mo’’tadil mizojli bola tug’ilganda fozil kishilardan bir guruhlarining aytishicha, lozim bo’lgan dastlabki qilinadigan ish go’rt barmoq enicha qoldirib kindikni kesmoq, og’riq bermasligi uchun mayin pishitilgan jun ip bilan kindigini boylamoq va zaytun yog’iga botirilgan lattani uning ustiga qo’ymoqdir.

Kindigi kesilgan vaqtda zarchuba, anzuro’t va ziralardan barobar bo’laklarini yanchib va elab, bolaning kindigiga sepish kerak. Bolaning terisi kuchli bo’lishi uchun kam tuzli namakob surtiladi, bolaning burniga va og’ziga namakob tegizilmaydi.

CHAQALOQ RIVOJLANISHI

Bola gavdasini namakob ila qotirishni qabul qilishimizning sababi shulki, uning badani boshda uchragan har bir narsadan qiynaladi, yani unga qatgaq va sovuq bo’lib tuyuladi. Chunki uning terisi nozik va issiqdir. Shunday bolaning sezgisiga har bir narsa sovuq, qattaq va dag’aldir. CHAQALOQ PARVARISHI

Agar bola tanasida kir va namlik ko’p bo’lsa, ikkinchi marta namakoblaymiz. So’ngra iliq suv bilan cho’miltiramiz. Burun teshiklariii barmog’imiz bilan tozalaymiz. Ko’zlariga zaytun yog’idan ozgina tomizamiz va orqa teshigi ochilsin uchun jimjiloq bilan qitiqlaymiz.

Shunda bolani sovuq tegishidan saqlash kerak. 3 yoki 4 kundan so’ng bolaning kindigi tushgach, sadaf kuli yoki buzoq yog’i, yoki kuydirilgan qalayni uzum sirkasi bilan ezib, kindikka sepmoq foydalidir.

Agar bolani yo’rgaklamoqchi bo’lsa, doya bolaning a’zolarini muloyimlik bilan silashi kerak. Shunda u kengayishi matlub a’zolarini kengaytirib, ingichkaligi matlub a’zolarini ingichkalantirib silaydi va har bir a’zoga eng chiroyli shakl berishga urinadi.

Shu ishlarning hammasida doya barmoqlarining uchlari bilan bola bada- nini qaytaqayta yumshoq uqalaydi. Bolaning ko’zlarini ipakli matoga o’xshash bir narsa bilan hamshira artib turmog’i, qovugidan peshob ko’chishi oson bo’lsin uchun barmoqlarning uchi bilan silamog’i kerak.

So’ngra doya bolaning qo’llarini yozib, ikki tirsagini ikki tizzasiga tegizadi, boshiga loyiq bosh kiyim kiygiziladi. Havosi o’rta darajali, issiq va sovuq bo’lmagan uyda uxlatiladi, bola uxlatiladigan uy soya va qorong’i bo’lmog’i kerakki, u uyga quyoshning kuchli nuri tushmasin.

Bola o’rnida yotganida uning boshi boshqa tana a’zolaridan yuqori turmog’i kerak. Uning bo’yni, qo’l-oyoqlari va umurtqa suyagini qiyshaytirib qo’yishdan saqlanmoq kerak. Yoz kunlari bolani o’rtacha issiq suv bilan cho’miltiriladi. CHAQALOQ PARVARISHI

Cho’miltirish uchun eng yaxshi vaqt bolaning uzoq uxlagandan keyingi vaqtdir. Ba’zan bir kunda ikki va uch marta cho’miltirish mumkin. Asta-sekin sovuqlikka yaqin iliq suv bilan cho’miltirishga o’tiladi. Qishda esa o’rtacha issiq suv bilan cho’miltiriladi. Badani qizarguncha cho’miltirib, so’ngra chiqariladi. Qulog’ining teshiklariga suv kirishi- dan saqlaniladi.

Bolani yuvintirish vaqtida uni o’ng qo’lidan ushlab, yotqizayotganda chap qo’li bilan yotqiziladi, ammo qorni bilan emas. Cho’miltirish vaqtida cho’miltiruvchi kishi bolaning orqasini ikki qo’li kaftiga, boshini esa oyogining yuziga yumshoqlik bilan qo’yadi.

Keyin doya bolaning badanini yumshoq sochiq bilan artadi. Sekinlik bilan uni silaydi, avval qorni bilan, so’ngra orqasi bilan yotqiziladi. Barmoqlar uchi bilan ushlab, siqib- siqib qo’yadi va shakllantiradi, so’ngra yo’rgaklaydi va burniga shirin zaytun yog’i tomiziladi. Chunki zaytun moyi bolaning ko’zlarini va ko’z pardalarini tozalaydi.

1. Terisi pishiq bo’lishi uchun uni yo’rgaklash oldidan badaniga moy surtish lozim.

2. Uni cho’miltirish lozim, shunda uni xiltlardan, kirlardan tozalanadi.

3. Bolani bezovta qiladigan narsa bilan unga muo- mala qilish mumkin emas, bu uni uxlashga qo’ymaydi yoki uyqusini buzadi.

4. Yumshoq beshik, belanchakdan ayirmaslik kerak.

5. Agar biror betoblik uni uxlashga qo’ymasa, taomiga 2 osh qoshiq kashnich bargining suvini qo’shib edirish kerak.

6. Uyg’oqlik vaqzida yorug’likdan bahramand bo’lishi lozim.

7. Bolaga kunduz kuni har xil rangli narsalarni ko’proq ko’rsatish kerak.

8. So’zlashga o’rgatmoq uchun uni erkalatib gapirish lozim.

9. Burun bitishini yo’qotish va uni tozalash uchun nazla talqonini hidlatish lozim. Chunki bu ish uning sezgisi va tovushini yaxshilaydi hamda nafasini ochadi.

10. U katta bo’lib balog’atga etgunga qadar qon olish yoki unga surgi qilishdan saqlanish kerak. CHAQALOQ PARVARISHI

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

 

No votes yet.
Please wait...