buyrak kasalliklari HAQIDA ENG KERAKLI MALUMOTLAR

buyrak kasalliklari HAQIDA ENG KERAKLI MALUMOTLAR

13.05.2018 0 By Davolash.uz

Buyrak kasalliklari HAQIDA ENG KERAKLI MALUMOTLAR

Buyrak inson tanasini ortiqcha suvlaridan tozalaydigan a’zosidir. Uning ikkita bo’limida, a’zolarning ikki bo’lak qilib yaratilganida ma’lum manfaatlar bordir; ulardan biri ofat etsa, ikkinchisi uning vazifasini qisman yoki to’la bajaradi, ehtiyot uchun ularni sonda ko’p va javhalarini pishiq qilgan.

Bunday bo’lishining bir qancha foydali tomonlari bordir: birnnchidan, ularning soni ko’pligidan hajmlarining kichikligi uncha bilinmaydi; ikkinchidan, javharlari pishiqligidan suyuq narsalardan boshqa narsani tortnb olishi mumkin bo’lmaydi; uchinchidan javhari pishiq a’zo, har vaqt o’zi to’lgan xilt va suyuqlikdan tez ta’sirlanmaydi.

Buyraklarning shunday yaratilishi natijasida yurak venasi bularga yaqin oraliqtsa o’tishi qulay bo’lib, u erda joylashgan ichki a’zolarga o’rin ochiladi.

O’ng buyrak, mumkin qadar, jigarga yaqinroq va undan xiltlarni yaxshiroq tortadigan bo’lishi uchun so’l buyrak- dan balandroq joylashtirildiki, u jigarga yaqinlashadi, hagto, jigarga yaqin turgan o’siqqa tegib turadigan bo’ladi.

So’l buyrak so’l tomonadan taloq bilan siqilganligidan ham sizilib keluvchi suv mo’’tadil taqsimlanishda adashmaslik uchun tubanga quyiladi. Bunda siziluvchi suv oldin yaqinroqdagi, keyin uzokdagi a’zoga tortiladi.

Buyraklar botiq tomonlari bilan bir-birlariga yuzlanib guradi, qavargan tomonlari esa umurtqa suyagiga yaqin turadi. Har bir buyrakning ichida bir kovak bo’lib, bukovakka yuqoriga ko’tariluvchi qisqa tomondan keladigan suvlik shimiladi.

Bu shimilgan suvlik buyrak tomonidan qon chiqindilaridan obdon tozalangandan keyin, ichki tomondan sekin-asta peshob yo’li orqali qovuqqa keladi. Buyrak tozalanib, chiqindini haydaydi. Chunki modda buyrakka tomon sof holda ajralib kelmay, balki etning qattiq yuvgandagi yuvindisi kabi bo’ladi.

Shuning uchun buyrak kuchsizlanganda suvlik modtsasi tozalanmay, qonlik qismi bilan birga chiqariladi va shu- ningdek, jigar kuchsiz bo’lganda ham suvlikni qonlikdan keragicha ajratolmay buyraklarga yuboradi.

Shunda suvlikka aralashgan qon modtsasi buyrakning oziqlanishi uchun kerak bo’lgan mikdordan ko’p bo’ladi, natijada chiqadigan suyuqlik buyrak oziqlanishidan et yuvindisiga o’xshash bo’ladi. Buyrakka parda hosil qiladigan mayda asab keladi; unga jigar darvozasi tomonidan vena tomiri va ji- garga ketadigan kattagina arteriya tomiri ham keladi.

Buyrakda mizoj kasalliklari va shuningdek, tarkib kasalliklari bo’ladi; masalan, a’zoning kichik va katta bo’limi. Yana buyrakda uzluksizlikning buzilish kasal- ligi ham bo’ladi, masalan, yaralar, eyilish, tomirlarning yorilishi va ochilishi kabi.

Bularning hammasi yo buyrakning o’zida yoki buyrak bilan boshqa a’zolar oralaridagi yo’llarida paydo bo’ladi, bu oz uchraydi. Agar bu yo’llarda qondan, xiltdan yoxud toshdan tiqilma paydo bo’lsa, davolashda buyrak tiqilmalaridagidek tadbirlar ishlatiladi.

Buyrak tez-tez kasal bo’lsa, u xoh issiq bo’lsin, xoh sovuq bo’lsin, jigar shu darajada zaif bo’ladiki, jigar so’lishi (tsirroz)gacha olib boradi. Buyragi og’rigan kishining yopishqoq va elimli siysa, buyrak yomon zararli modtsani tortishi sababli og’riq zo’rayadi va bu ko’pincha, tosh paydo qiladi. Buyrak kasalliklari quyuq va cho’kmali peshob bilan tuzalib ham ketadi. Ko’pincha belni qisib bog’lash buyrakda ogriq va issiqlikni paydo qiladi.Buyrak kasalliklari

BUYRAKNING HOLATINI BILISh

Buyrakning holini peshobning miqtsori, suyuqligi, rangi, unga aralashgan narsalar, shuningdek, chanqash, jin- siy aloqani istash, belning ahvoli va uning og’riqlari, ikki boldirning holi hamda og’riqning o’ziga qarab, buy- rakni ushlab ko’rib, kasalga nimalar muvofiq kelib, ni- malardan nafratlanishiga qarab bilinadi.

Buyrak kasalligi goho peshobning kamayishi bilan o’tadi. Buyrak kasalliklari jigarda bo’ladigan shu kabi kasalliklardan ishtahaning butunlay tushib ketmasligi bilan farq qiladi. Shuningdek, et yuvindisi kabi qilga o’xshash tolali va yovvoyi yasmiq rangida cho’kmali etilgan peshob siysa, uning buyragida illat bo’ladi.

Chunki etilish buyrakda bo’ladi. Lekin peshobning etilishi juda kuchli bo’lib, boshqa aralashmalari bo’lsa ham, illat buyrakda bo’ladi. Agar etilishini ko’rmasang, kasalning negizi jigarda deb taxmin qilish mumkin, chunki etilish yuqori a’zolar sababli bo’ladi.

BUYRAKNI DAVOLASh

Buyrakda ba’zan ozish, so’lish va charvisi kamayish hollari paydo bo’ladi. Ko’p jinsiy aloqa va ortiq bo’shalish ta’sirida buyrak yog’i butkul yo’qoladi. Buning belgilari – jinsiy aloqa xohishining kamayib ketishi, peshobning oq va ko’p bo’lishi, belning zaif bo’lishi va unda engil og’riq bo’lishi; ba’zan gavdaning ozishi ham sodir bo’ladi.

Davosi: buyrak ogriganda

1. Qudrat norin mevasi qaynatmasini 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin 2 osh qoshiqdan ichilsa, buyrak, jigar, o’t, oshqozon va sariq kasalliklaridan umuman xalos bo’ladi. Bu usul ko’p tajribadan o’tgan. Buyrak kasalliklari

2. Dolchin qaynatmasi ham yaxshi shifo beradi.

3. Uzum sirkasi ichilsa ham foyda qiladi.

4. Sarimsoq eyilsa ham foyda qiladi.

5. Bo’yimodaronni 3 mahal choy qilib ichilsa, og’riq to’xtaydi.

6. Igir qaynatmasi o’t, peshob toshlarini tushiradi (3 mahal 50 grammdan ichish) lozim.

7. Atirgul guli va bargi qaynatmasi o’t, buyrak, qovuq hamda peshob yo’llaridagi toshlarni tushiradi (3 mahal 100 grammdan och holda ichiladi. Muddati 15 kun).

8. Gulli qoraqosh ildizi va barg qaynatmasini (3 mahal 50 gramm 15 kun ichilsa) ham shifo topadi.

9. Behi suviga teng asal va ozgina sirka qo’shib, 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, yaxshi foyda topadi.

10. Ro’yan qaynatmasini och holda 50 grammdan 3 mahal ichilsa ham shifo topadi.

11. O’lmaso’t choyini 3 mahal ovqatdan keyin 4-5 piyo- ladan ichilsa, foyda qiladi (parhezlariga jiddiy e’tibor berilishi shart).

12. Shirin bodomning 400 grammiga 400 gramm shakar qo’shib, tuyib, 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, ozish va charvi yog’i kamayishiga foyda qiladi.

13. Xuddi shunday pista mag’iziga teng baravar shakar qo’shib, tuyib, talqonini 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, jinsiy aloqa xohishining pasayib ketishiga foyda qiladi. Buyrak kasalliklari

14. Tovuq va g’oz yog’larini, echkining buyrak yog’ini charvi yog’i solingan issiq nonni 15 kun 3 mahal to’yib iste’mol qilinsa, foyda qiladi. Bu narsalarga peshob haydovchi dorilar va quvvat beruvchi dorilar aralashtiriladi. Peshob haydovchi dorilarni etkazuvchilik vazifasini ado etishi va tabiiy quvvatni harakatga solishi uchun aral ashtiril adi.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

Rating: 5.0/5. From 1 vote.
Please wait...