BUQOQ

BUQOQ BO’QOQ, UNING ASORATLARI VA OG’RIQLARI

Buyuk mutafakkir, hakim, faylasuf Gippokrat bundan 2500 yil muqaddam tibbiyotga aynan shunday ta’rif bergan bo’lib, u bugungi kunda amaliyot maydoniga tashlangan 100 ga yaqin ta’riflarning ichida eng mukammali va to’laqonlisidir.

 

Gippokrat, meditsinaning otasi, yunon hakimirifga bo’ysunmaydigan biror bir xastalikni uchratmadim (qiyomatgacha ham uchratmasam kerak).

Bugungi kunda kimyo faniga ma’lum Mendeleev davriy tizimida 108 ta unsurlar ma’lum bo’lib, ularning barchasi vujudda ma’lum bir miqdorda uchrab turadi, ularning etishmay qolishi, yoki ortib ketishi hamma vaqti xastalikka, og’irroq hollarda esa o’limga olib keladi.

Hatto, eng zaharli hisoblangan margimush unsuri ham vujudda ma’lum kontsentratsiyada uchrab turadi. Demak,

Mendeleev bobomning unsurlarisiz yashashning sifati bo’lmas ekan! Bu ibora yod unsuriga ham taalluqli.

Bugungi kunda ro’yi-zaminda 7 mlrd ga yaqin odamlar umrguzaronlik qilgan bo’lib, shulardan qariyb 1 mlrd ga yaqinida yod unsuri tanqysligi oqibatida kelib chiqadigan xastaliklar uchraydi.

Shu qonuniyat aniqlanganki, yashash hududi okean va dengizlardan qanchalik uzoqda joylashgan bo’lsa, yod tanqisligi asoratlari shunchalik ko’p uchraydi.

U jahonning O’rta Osiyo Respublikalari, Kavkaz orti hududi, Ural tog’lari atroflari. Afrikaning ichki, okeandan uzoq davlatlari, Arabiston davlatlarida ko’plab uchraydi.

Yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan bo’qoq O’rta Osiyo Respublikalari, shu jumladan O’zbekiston uchun endemik, ya’ni xos kasalliklardan biri hisoblanadi.

Ikkinchi jahon Urushidan avval tibbiyot sohasida chop etilgan kitoblarda bo’qogi o’sib, ko’kragigacha tushgan odamlarning rasmlari keltirilgan. Jumladan, Fargona vodiysida bunday kasalliklar ko’p uchragan va odamlarga adadsiz ruhiy, jismoniy, jinsiy uqubatlar hadya etgan.

Qalqonsimon bez inson vujudidagi ichki sekretsiya bezlari orasida eng yirigi va muhimlaridan biridir. Unda ishlab chiqadigan monoyodtironin, diyodtironin, triyodtironin, tiroksin, tireokaltsitonin kabi gormonlar vujudga ovqat bilan yod unsuri kirib turganidagina me’yorda bo’ladi. Yod tanqisligida esa ularning muvozanati buziladi, bu esa barcha a’zo va tizimlar foliyatini yomonlashuviga sabab bo’ladi.

Yod tanqisligi asosan quyidagi alomatlar bilan zohir bo’ladi;

– asab-ruhiy tizim tomonidan; asabiylashish, tushkun kayfiyat paydo bo’lishi, uyqu buzilishi, darmonsizlik, xotiraning susayishi, bosh og’rishi, o’rinsiz tashvishga tushish, bosh aylanishi, ko’z og’rishi, qaltirash, titrash, suitsid fikrlar paydo bo’lishi, urushqoqlik, janjal qilishga moyillik.

– yurak qon tomir tizimi tomonidan; yurak og’rishi, qon bosimning oshishi, ateroskleroz, yurakning tez-tez urishi, turli sanchiqlar.

– qon tizimi tomonidan; dori darmon kor qilmaydigan og’ir kamqonlik, qon shaklli elementlari nisbatining buzilishi, eritrotsitlar yashovchanligining kamayishi, gumoral immunitetga salbiy ta’sir.

– immun tizimi tomonidan;tez-tez shamollash, hujayra immunitetining o’ta pasayib ketishi.

Shuningdek suyak va mushaklarda turli-tuman ogriqlar, terida shishlar paydo bo’lishi, tez-tez nafas yo’llari o’pka shamollashi, ayollarda hayz ko’rish jarayoning buzilishi, bepushtlik.soch to’kilishi, teri ranggining zahillashishi, doglar paydlo bo’lishi, terining mudom quruqshab yurishi.

-Pepshb-tanosil tizimi tomonidan; buyrak qon aylanishining yomonlashishi, prostatitlar, endometritlar, bepushtlik.

-Nafas olish organlari tomonidan; nafas siqilishi, havo etishmasligi, lablarning ko’karishi, yo’talish.

-Ovqat hazm qilish a’zolari tomonidan; ovqat hazm qilishning yomonlashishi oqibatida moddalar almashinuvining izdan chiqishi, qabziyatlar (yoki ayrim hollarda mavhum sababli ich ketishlar), qorin sohasidagi og’riqlar.

Agar yuqoridagi alomatlarning birortasini o’zingizda sezsangiz, albatta mutaxassisga murojaat qiling. Yodda tuting!

Bo’qoq darajasiga ko’ra davolanadi. Uni davolashda uygunlashib kelgan kasalliklar, tug’ma norasoliklar, vujudning anatomo-fiziologik xususiyatlari va albatta kasallikning darajasi e’tiborga olinadi. Faqat shundagina bu ogir kasallikni butunlay engish mumkin.

Xalq tabobatida bo’qoqni davolash uchun qo’llaniladigan

quyidagi tavsiya e’tiborlidir; 20 ta yong’oq mevasining g’o’rasi olinib, myasorubkadan o’tkaziladi va steril 1 litrlik bankaga solinib, ustidan to yopilgunicha 70% tibbiyot spirti quyiladi. Xolodilnikda saqlanib, har kuni bir choy qoshiqdan 2 marta iste’mol qilinadi.

Ayrim mutaxassislar kun ora bir piyola sutga 1 tomchi 5% tibbiyot yodidan ichishni tavsiya qiladilar. Menimcha bu muolajaning ham etarlicha samarasi bor, ammo o’zim qo’llab ko’rmadim.

Chunki, yaqinda bir dorishunos olim nufuzli bir gazetada bunday qilish noto’g’ri ekanligi, bunda tegishli dozani aniq belgilab bo’lmasligini, spirtda eritilgan yod vujud uchun koni ziyonligini aytib, faqat farmakologiya sanoati ishlab chiqargan dorilardan sotib olishni qat’iy tavsiya qildi.

Mening fikri ojizimcha, bu mutaxassis uchun doridarmonlarning muddati o’tmasidan sotilib ketilishi muammosi birinchi o’rinda tursa kerak?

Chunki, mening hisobkitoblarimga qaraganda bir ml 5% yod nastoykasi tarkibida 50 mg (5000 mkg), bir tomchisida esa 250 mkg toza yod unsuri bor.

Katta yoshli odamning bir kecha-kunduzlik yodga ehtiyoji ham 150-200 mkg, homilador ayollarda 200-250 mkgni tashkil qiladi. Shu sababdan ham kun ora bir tomchi yodni sut bilan iste’mol qilish vujuddagi ehtiyojni yaxshi qoplashi aniq.

Albatta, ushbu tavsiyalar bolalarga to’g’ri kelmasligi aniq, chunki ularning tarkibida spirt borligi uchun bolapaqirni piyonista qilib qo’ymaslik uchun yaxshisi aptekadagi dorilar- dan berib yurgan ma’qul.

Bugungi kunda tarkibida yod saqlovchi preparatlar dorixonalarda etarlicha bo’lib ular orasida yodomarin, yodid (yodid farmak), yod balans. yod aktiv. organik yod, antistrumin, mikroyod preparatlari alohida ahamiyatga ega.

Ularning deyarli hammasi tarkibi bir xil, kaliy yodidning ma’lum miqdorini o’zida saqlaydi, ammo narx-navolari bir biridan farq qiladi. Eng arzoni antistrumin, mikroyod, yodid farmak bo’lsa, yodomarin, yod balans nisbatan qimmat turadi.

Ammo, dorining qimmati yaxshisi degan fikr kelib chiqmasligi kerak, chunki ta’kidlab o’taman, barchasining kimyoviy tarkibi deyarli bir xil; kaliy yodid, tamom-vassalom.

Quyida yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan bir qancha kasalliklar va holatlarni ko’rib chiqamiz:

1. Besabab tez-tez asabiylashish. Insonda asab tizimining holati bir qancha omillarga bog’liq. Prostata bezining yallig’lanishi, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi, miyada qon aylanishning yomonlashishi,qonning quyulib ketishi, safro ajralishining yomonlashishi kabi holatlar asabiylik va jizzakilikni keltirib chiqaradi.

Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino surunkali qabziyatdan azob chekadigan odamlarda ichakdagi najas bug’lanib miyaga ta’sir ko’rsatadi va melanxoliyaga olib keladi deb yozgan.

Shuningdek, insondagi temperament, ya’ni mijoz ham odamning xulqatvorini belgilaydi va harchand harakat qilinmasin, mijoz umrbod o’zgarmasdan qoladi.

Masalan, xolerik va sangvinik (quruq va issiq) mijoz sohiblarida asabiylik va jizzakilik holatlari tez-tez yuz bersa, flegmatik (ho’l) mijoz sohiblari aksariyat holatlarda tepsa tebranmas bo’ladilar.

Mening o’zim sangvinik odamlar toifasiga kiraman, shuning uchun ham jismoniy va ruhiy qo’zg’aluvchanlik menda kuchli bo’ladi.

Xotira buzilishi masalasiga kelsak, buning ham bir qancha sabablari bor. Ilg’or xorij davlatlarida insonning intellektual darajasi, ya’ni ongliligi va xotirasi S) koeffitsienti bilan belgilanadi.

Mazkur koeffitsient qancha yuqori bo’lsa, uning onglilik darajasi va xotirasi shuncha yaxshi hisoblanadi. Aqli-hushi me’yorida bo’lgan o’rtacha odamlarda ushbu ko’rsatkich 100 ga, Yaponiya aholisida 118 ga, Evropaning aksariyat davlatlari aholisida esa 108 -110 ga,

Afrika va Osiyoning ayrim davlatlari aholisida esa 70-80 ga teng ekanligi aniqlangan. () koeffitsientining ko’rsatkichi esa irsiyatga, uning zararli odatlari bor-yo’qligiga, jismoniy jihatdan faolligiga, miyada qon aylanishi darajasiga, organizmdagi ichki muhitning barqarorligiga, moddalar almashinuviga, magniy, kaliy, kaltsiy, temir va yod unsurlarining miqdoriga bog’liq. Xususan,organizmda bolalikdan yod un- suri etishmasa, aqliy zaiflik (kretinizm) kasalligi kelib chiqadi.

Shu boisdan ham ruslarda «Sen yod bilan davolanishing kerak» degan kinoyali luqma mavjud.

Bugungi kunda respublikamiz aholisi orasida yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan bo’qoq kasalligi nisbatan ko’p uchramoqda.

Dorixonalarimizda esa yod tanqisligini oldini oluvchi mikroyod, yodomarin, yod ak tiv, antistrumin kabi preparatlar juda ko’p. Ammo, ularni faqat sinchiklab tekshirilganidan keyin mutaxassis maslahati bilan qabul qilish kerak. Aks holda qosh qo’yaman deb ko’z chiqarish hech gapmas.

2. Sochning tez tez to’kilishi. Soch to’kilishi bir qancha omillarga bog’liq. Bosh terisida qon aylanishining buzilishi, vujudda yod, kaliy, kaltsiy unsurlarining kamayib ketishi, zamburug’ infektsiyasi bilan kasallanish, zahm yuqtirish, sochlarga parvarishning etarli bo’lmasligi, ovqat tarkibidan darmondorilar, oqsil va minerallarning etarli bo’lmasligi kabi holatlar sochning tez to’kilib ketishiga olib keladi.

Ammo, soch to’kilishi erkaklarda testosteron gormoni bilan bog’liq. Ya’ni insonning erkakligini ta’minlab turuvchi bu gormon ko’p miqdorda ishlab chiqarilsa, soch to’kilib ketadi. Dono xalqimizda « kalning eng soddasi ko’prik tagiga kirib ot qo’rqitadi» degan maqol bor.

Ayrim mutaxassislar soch ko’p to’kilganida bosh terisiga piyoz va sarimsoq suvidan surib massaj qilishni tavsiya qiladilar. Ammo, uning ham samarasi etarli emas va har qanday holatlarda ham tegishlicha yordam berolmaydi.
Bugungi kunda to’kilgan sochlar o’rniga soch tolalarini ekish xorijda urf bo’lib ketgan. Ammo, asosiy kasallik davolanmas ekan, ekilgan sochlar oradan 6-12 oy o’tib batamom to’kilib ketadi.

3. Bolalarning tez-tez shamollashi. Alloh taolo insonni aziz va mukarram qilib, vujudini me’yor va mutanosib etib yaratdi. Shu boisdan bo’lsa kerak, buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlari shunday bitgan edilar;
Narsa yo’qdir xoriji olam erur,

Har ne istarsan, o’zingda jam erur.
Darhaqiqat, vujudimizda hamma narsa miqdor va me’yor bilan mavjud. Shu jumladan, tana qo’rg’onini balo qazolardan himoya etuvchi immun tizimi ham.

Qisqacha qilib aytsak, vujudimizga har kuni tashqi muhitdan millionlab mikroorganizmlar kiradi. Ular nafas, oziq-ovqatlar va hatto sog’lom teri orqali ham o’tishi mumkin.

Hatto, odatiy holda bir sm kvadrat terimizda mikroorganizmlar soni 15 mingdan ortiq bo’lishini ham zahmatkash olimlarimiz hisoblab topgan.

Ana shu balo-qazolardan muhofaza etuvchi immun tizimimiz ikkita qismdan tashkil topgan; hujayra va zardob immuniteti. Hujayra immunitetini oq qon tanachalarimiz-leykotsitlar tashkil qilib, ikkita asosiy guruhga bo’linadi.

Agar leykotsitlar-ya’ni oq qon tanachalari birvarakayiga o’nlab mikroblarni yutib yuborish xususiyaga ega bo’lsa ular mikrofaglar (kichik yutuvchi), agar yuzlab mikroblarga qiron keltirolsa makrofaglar (katta yutuvchilar) deb ataladi.

Ana shu tizimni topgani uchun ulug’ rus olimi I.I.Mechnikov 1905 yilda xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan.

Zardob immunitetini esa tarkibi oqsildan iborat bo’lgan 5 xil (M,A,J,E,D) immunoglobulinlari tash- kil etadi. Ularni topgani uchun farang olimi I.Erlix 1905 yilda Nobel mukofoti sovrindori bo’lgan.

Ana shu ikkita immun tizimi mutanosib ishlagan hollarda vujud qo’rg’oniga kasallik kira olmaydi. Ularning birortasi, yoki ikkalasi ham zararlanganda bolakay tez-tez shamollaydigan bo’lib qoladi.

Shuningdek,yod tanqisligi, ovqatlanish rejimi, yashash sharoiti, asab ruhiy tizimning o’ziga xosligi ham bolakay immunitetiga katta ta’sir ko’rsatadi. Antibiotiklarni shifokor tavsiyasisiz o’zicha teztez qo’llash ham immun tizimini izdan chiqaradi.

Taassufki, bugungi kunda birlamchi va ikkilamchi immun tanqisligi holatiga duchor bo’lganlar ko’payib ketdi. Agar ikkilamchi immun tanqisligi – SPID bugungi kunda bedavo dard hisoblansa, immunitetning biror sabab ta’sirida vaqtincha pasayishi holatlariga yordam beruvchi preparatlar dorixonalarda etarli miqdorda mavjud.

Eng muhimi bolani tabiat (qussh, suv, havo, badaitarbiya) vositasida chiniqtirish, oziq mahsulotlarida vitlminlvar, mineral tuzlar, oqsillar etarli bo’lishiga ■e’tiborpi jalb etish kerak. Ana shundagina kelajagimiz sohiblari bo’lmish zurriyodlarimiz salomat va durkun bo’lib o’sadilar.

5. Qon bosnmpning me’yordan o’zgarishi. 1-10 yoshlar oraligidagi bolakaylarda qon bosimi me’yori quyidagi for- mula asosida aniqvlanadi;

Sistolik (ya’ni yuqori bosim) 90Q2 p Diastolik (ya’ni pastki bosim) 60Q p Bu erda p bolakayning yillar xisobidagi yoshidir. Masalan bola 4 yoshda deylik,unda 90Q(2×4)q98, 60Q4q64. ya’ni o’rtacha bosimi 98G’64 mm simob ustuniga teng bulishi lozim.

Albatta, bosimning qanday bo’lishi hatto sog’lom odamlarda ham ko’plab omillarga bog’liq. Masalan, vujudda kaliy, yod.kaltsiy, magniy, fosfor unsurlari miqdoridagi o’zgarishlar, asab-ruhiy tizimning zo’riqishi, charchash, ko’p suv yo’qotish (ich ketishi, qusish) kabi holatlar qon bosimining u, yoki bu tomonga muvaqqat siljishiga olib keladi.

Xafaqon (gipertoniya) quyidagi turlarga bo’linadi: Essentsial gipertoniya-ya’ni xususiy gipertoniya kasalli- gi. Bu ko’p omilli alohida xastalik bo’lib, uning taraqqiyotida asab ruhiy tizim buzilishi etakchi rol o’ynaydi.

Endokrin gipertoniya. Bunda vujuddagi endokrin bezlar(epifiz, gipofiz, qalqonsimon bez, me’da osti bezi, buyrak usti bezi, jinsiy bezlar) faoliyatining buzilishi oqibatida bosim oshadi.

Yurak-qon tomir tizimiga bog’liq gipertoniya. Bunda yurak qon tomir tizimidagi taraqqiyot nuqsonlari yoki ottirilgan kasalliklar bosim oshishga olib keladi.

Buyrak gipertenziyasi. Buyraklarning Norasoliklari yoki surunkali xastaliklari oqibatida kelib chiqadi va juda ogir kechadi.

Alimentar gipertenziya. Bunda bemor ko’p miqdorda shakar va tuzli ovqatlarni, xoleteringa boy mahsulotlarni iste’mol qilishi oqibatida kelib chiqadi.

Bundan tashqari bosimning past bo’lib yurishigipotoniya xastaligi qam tibbiyotda ma’lum.

Albatta, u holat xafaqonchalik og’ir kechmasa-da, bemorni terisi rangparlashib, darmoni qurib uyqu bosib yurishi bezovta qiladi. Bosimi me’yordan pastroq yuradigan odamlar yukori va me’yorda yuradigan odamlarga nisbatan uzoq roq umr ko’rishi ham tibbiyot tadqiqotchilari tomonidan isbotlangan.

Shuni alohida ta’kidlab o’tishimiz lozimki, bosim oshib ketadimi, pasayadimi, uni albatta shifokor aniqlab berishi va davolanish rejasini tuzib berishi lozim. Mutaxassis ko’rigidan o’tasdan o’z holicha davolanish esa bebaho vaqtning boy berilib qolishiga olib keladi.

6. Bo’gimlarda tuz yigilishi va suyaklarning qaqshab ogrishi. Ma’lumki, inson vujudida bo’gimlar tayanch harakat tizimining uzviy bir qismini tashkil etadi. Bo’g’imlar vositasida turli shakl va o’lchamli suyaklar o’zaro birikib, insonni makonda harakatlanishiga imkon beradi.

Bugungi kun statistikasiga ko’ra yoshi qirqqa etgan odamlarning 60-70% qismida bir, yoki bir necha surunkali kasalliklar topiladi. Ular orasida bo’g’im kasalliklari 25-28% ni tashkil etadi.

Bo’gimlar qaysi xastaliklarda yallig’lanadi? Revmatizm (bod), podagra (moddalar almashinuvining buzilishi), tizimli qizil yuguruk, artrozlar, buyrakning o’tkir va surunkali kasalliklari, Bexterev kasalligi va nihoyat bo’gimlarga tuz yig’ilishi, vujudda yod, kaliy, kaltsiy magniy fosfor unsurlari miqdorining o’zgarishi..

Bo’g’imlarda tuz yig’ilishi ko’p omilli kasallik bo’lib, uning asosida moddalar almashinuvining yomonlashuvi, iste’moll qilinadigan ovqat va suv tarkibida minerallarning ko’pligi, bo’gimlardagi birlamchi yallig’lanish, tez-tez anginaga chalinish, qurtlagan tishlarning ko’pligi, vujudda immun tizimining izdan chiqishi. buyrakning o’tkir va surunkali xastaliklari, kamqarakatlik (gipodinamiya) katta o’rin tutadi.

Bo’gimlarda tuz yig’ilishining dastlabki alomatlari bo’g’imlarning g’ichirlashi, og’riq, bo’lsa asta-sekinlik bilan bo’g’imlarda harakatning chegaranib borishi, tana haroratining ahyon-ahyonda ko’tarilishi, umumiy ahvolning yomonlashishi qo’shilib keladi.

Xalq tabobatida bo’gimlarda tuz yig’ilishini davolash bo’yicha bir qancha tavsiyalar mavjud. Jumladan, xastalangan bo’g’imlarga karam bargini o’rash, safro bilan bog’lam qo’yish, uqalash muolajalari, hammomda terlash, qumga ko’milish, ilon zahridan surish…

Albatta, bularning barchasi ma’lum miqdorda yordam beradi. Ammo, kasallikning omili bartaraf etilmas va turmush tarzi o’zgarmas ekan, tuz yig’ilishi albatta qaytalanadi. Shuningdek, zamonaviy dori-darmonlar ham kutilganchalik yordam bera olmaydi.

Men bunday mijozlarimni davolashda xalq tabobati, Sharq tabobati va zamonaviy tibbiyot yangiliklarini uygunlashtirib qo’llayman. Jumladan, bemorda agar allergiyaga moyillik bo’lmasa, asalariga chaqtirib davolashni tavsiya qilaman.

Dastlabki kuni 2-3 ta chaktirishdan boshlangan muolaja har kuni 2 tadan oshirib boriladi va ja’mi bir kurs davoga 150-200 marta chaqtirish tavsiya etiladi. Ushbu davo kurslarini bahor va kuz oylarida takrorlab turish mumkin.

Shuningdek, jarayon agar tizza bo’g’imida bo’lsa, katta va kichik boldir suyaklarining boshchalari birikkan chukurchaga sarimsoq piyozning bo’tqasini yong’oq pallasiga solib 2-3 kunga yopishtirib qo’yaman.

Ushbu sohada kichkina jarohat paydo bo’lib, bir necha kun ichidan suyuqlik oqadi va bemor ahvoli nisbatan engillashadi.

Gipofiz faoliyatining buzilishida, ya’ni uning o’lchamlari kttalashganida akromegaliya-qo’l-oyoqlarning kat- I alashishi, yoki gigantizm-organizmning kattalashib ketishi kuzatiladi.

Kasallikning dastlabki bosqichida bosh og’rig’i kuzatilmaydi, ammo gipofiz o’smasi ma’lum hajmgacha etgach peshona va chakka sohalarida og’riq paydo bo’ladi.

Qalqonsimon bez faoliyati kuchayib ketganida Bazedov kasalligi kelib chiqadi. U ko’z olmasining chiqib ketishi, yurak maromining tezlashishi, qalqonsimon bez o’lchamlarining kattalashishi, jizzakilik va yigloqilik bilan ifodalanadi. Bunda tarqoq xarakterli bosh ogriqlari paydo bo’ladi.

Buyrak usti bezlarining o’smalari-Addison kasalligida bosh xurujsimon ogriydi, terida dog’lar paydo bo’ladi,bemor qo’zg’aluvchan bo’lib qoladi.

Jinsiy bezlar faoliyati pasayganida ham bemorning boshi og’riydi, bundagi bosh og’riqlari uzoq muddatlik, jadal, uncha-buncha davo kor qilmaydigan bo’lib, nevrozlardagi og’riqni eslatadi.

Bunday holat aksariyat hollarda klimaks davriga to’g’ri keladi va ayollarda Hayz ko’rish jarayoning buzilishiga, erkaklarda esa jinsiy maylning susayishi, yoki yo’qolishiga (impotentsiya) olib keladi.

Bemorlarning aksariyati bu davrda boshning lo’qillab og’rishiga, umumiy darmon qurishiga, qo’qqisdan qizib, yoki sovib ketishga, uyqu va ishtahaning pasayishiga (ayollarda aksincha badnafslikka), qo’zgaluvchanlikka shikoyat qiladi. Klimaksning asoratganmagan shakllari odatda shunday kechadi.

Agar klimaks ateroskleroz, yoki gipertoniya kasalli- gi bilan birga kechsa, bosh og’rig’i juda ogir o’tadi. Bunday bemorlarda xotira pasayishi, diqqatning yo’qolishi, qo’l oyoqlarning tirishishi, quloq shangillashlari ham qo’shilib keladi.

Endokrin bezlar faoliyati buzilganida paydo bo’ladigan og’riqlar endokrinolog shifokor tomonidan davolanishi lozim.

Shu bilan birga ovqatlanish, mehnat qilish, dam olish va uxlash rejimlariga qat’iy rioya qilish, pentalgin, tempalgin, baralgin, tsitramon kabi kompleks preparatlardan qabul qilish lozim. Arterial bosim oshganida esa qon bosimini pasaytiruvchi, qonni suyultiruvchi, peshob haydovchi preparat- lardan qabul qilish lozim.

(Visited 73 times, 11 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

1 thought on “BUQOQ

  1. Assalomu alaykum hurmatli sayt ijodkorlari men ismim Dostonbek meni onam buqoq kassalig bilan bir necha yildan beri aziyat chekadi doktirga korsatganimda ikki xalqali tashqi buqoq dep tashxiz qo‘yishgan dori darmon yozbergan dorilarni ichyapti lekin foyda bermayapti sizlardan iltimosim shuki uy sharoitida tabiiy yo‘llar bilan davolashni tez va samarali yo‘llari bormi javob uchun oldindan rahmat

    No votes yet.
    Please wait...

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!