Bepushtlik davolash

Bepushtlik davolash

13.02.2018 0 By Davolash.uz

Bepushtlik davolash

Bepushtlik davolash Sarimsoq bilan davolash
(Sarimsoqning juda ko’p foydalari haqidagi ma’lumotlarni kitobning oldingi sahifalaridan topishingiz mumkin).

• Har kuni ovqatga qo’shib 1—2 bo’lakcha sarimsoq iste’mol qilib yurish tavsiya qilinadi.

• Kechqurun 4 bo’lakcha sarimsoqni mayin qilib maydalanadi va ustidan 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab och qoringa yarim stakan (100 ml) ichiladi. Kechqurun uxlashdan oldin ham shuncha iste’mol qilinadi. Davo kursi — bir oy.

• 200ml issiq sutga bir osh qoshiq maydalangan sarimsoq solib past olovda bir daqiqa qaynatiladi. 20 daqiqa dam berilgach mayin dokadan o’tkaziladi va kuniga 3 mahal ovqatdan so’ng 2 osh qoshiqdan ichiladi

Bepushtlik davolash 24-usuli
Marmarak yordamida davolash
Marmarak (mavrak, shalfey) dorivor o’simligi yordamida bepushtlikni davolash va organizmni yoshartirish mumkin. Marmarak qaynatmasini 30 kundan yiliga 3 marta iste’mol qilish lozim. Qaynatmani tayyorlash uchun bir osh qoshiq marvarak bargining ustiga 200ml qaynoq suv solib dam beriladi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin suyuqlikning hammasi kichik qultumlar bilan ichiladi. Marmarak qaynatmasi erkaklar va ayollarning bepushtligida yaxshi samara beradi.

Bepushtlik davolash 25-usuli
Qizilpoycha yordamida davolash
Qizilpoycha (zveroboy) dorivor o’simligi qaynatmasini bir osh qoshiqdan kuniga bir necha marta iste’mol qilib yursa, bepushtlikni davolashda yordam beradi.

Bepushtlik davolash 26-usuli
Bargizub yordamida davolash
Bargizub (zupturum, podorojnik) dorivor o’simligi ildizi bilan vanna qabul qilish erkaklar bepushtligida foyda beradi. Taxminan 50 gr bargizub ildizi (yoki bargi) ustiga bir litr qaynab turgan suv solinadi va 30- 40 daqiqa dam beriladi. So’ng damlama vanna ichiga, 37 gradusli suvga quyiladi. Vanna qabul qilish qoidalari kitobning oldingi sahifalarida batafsil bayon qilingan. Bir kurs — 15ta vannadan iborat.

Bepushtlik davolash 27-usuli
Qushturon yordamida davolash
Qushturon (qiziltasma, spormsh, gorets ptichiy) barglaridan 2-3 qoshiq olib, termosda, yarim litr qaynoq suvda 3-4 soat damlanadi. Ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin YuOml dan ichiladi. Erkaklar bepushtligida yaxshi samara beradi.

Bepushtlik davolash 28-usuli
Jenshen bilan davolash
Jenshen (odamgiyoh) qadimdan bepushtlik va jinsiy ojizlikni davolashda qo’llaniladi. U gormonal fonni me’yorga keltiradi, spermatozoidlar ishlab chiqarishni ko’paytiradi. Uni individual qabul qilish dozasini esa, albatta mutaxassisdan so’rash kerak.

No votes yet.
Please wait...