Bepushtlik davolash

Bepushtlik davolash

Bepushtlik davolash Qovoq urug’i yordamida davolash
Qovoq urug’i inson uchun juda foydali bo’lib, uning tarkibida turli xil vitaminlar (masalan, A, S, D, K, E va V guruh vitaminlari va boshqalar), minerallar (masalan, temir, marganets, mis, rux, selen, fosfor, kaltsiy, kaliy, magniy va boshqalar), yog’lar, oqsillar, uglevodlar, efir moylari, glikozidlar, alkaloidlar va boshqa ko’pgina moddalar mavjuddir.

Qovoq urug’ining foydalari haqidagi batafsil ma’lumotlarni kitobimizning oldingi sahifalaridan topishingiz mumkin. Qovoq urug’i sperma va erkaklik gormonlari ishlab chiqarishni ko’paytiradi, jinsiy ojizlikni davolashda yaxshi samara beradi. Ayollarda ham farzand bo’lmayotgan bo’lsa yaxshi yordam beradi.

0,5kg (qovurilmagan!, oftobda quritilgan) qovoq urug’ini po’chog’idan tozalab, go’sht maydalagichdan o’tkazib, unga 200gr asal qo’shiladi. Undan gilosdan sal kattaroq (taxminan 2 sm.li) hajmdagi sharchalar tayyorlanib, sovutgichda saqlanadi.

Har kuni ikki mahal sovutgichdan olib, xona haroratiga etgach, ovqatdan yarim soat oldin iste’mol qilasiz. Bunda sharchani tez yutib yubormasdan, ikki-uch daqiqa davomida chaynash va so’rish yaxshi foyda beradi.

Qovoq urug’ining tarkibida rux moddasi ko’p bo’lib, prostatit va uning adenomasini davolashda juda yaxshi samara beradi. Ushbu davo kursidan bir yilda bir marta foydalangan ma’qul.

Bepushtlikni davolashning 3-usuli
Qovoq urug’i yordamida davolash
Qovoq urug’i tarkibida erkaklar uchun juda zarur bo’lgan rux moddasi ko’p bo’lib, har kuni 30-40 donasini iste’mol qilsa, tananing bir sutkalik ehtiyoji qoplanadi va bu erkaklardagi bepushtlikni davolashda yaxshi natija beradi

Bepushtlikni davolashning 4-usuli
Zuluk bilan davolash
Zuluk bilan davolash haqidagi batafsil ma’lumotlarni kitobimizning oldingi sahifalaridan topishingiz mumkin. Zuluk qo’yib davolash bepushtlikda ham yaxshi samara beradi. Davolanishning ushbu usuli nafaqat bepushtlikdan xalos bo’lishda, balki organizmning barcha a’zo va tizimlari faoliyatiga ham ijobiy ta’sir qiladi.

(Visited 17 times, 1 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!