Ayollardagi Gemaroy ilk belgilari va alamatlari

Ayollardagi Gemaroy ilk belgilari va alamatlari

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Ayollardagi Gemaroy ilk belgilari va alamatlari, sabablari va oqibatlari

Ayollardagi bavosir bu – to’g’ri ichak va orqa chiqaruv teshigida venalarning varikoz kengayishi natijasida paydo bo’ladigan kasallik hisoblanadi.

Bu dard va uning qancha davomiyligi davolash qancha samarali bo’lishi – faqat shifokorga o’z vaqtida murojaat etishga bog’liq.

Gemaroy – faqat erkaklar kasalligi degan fikr mavjud, aslida bunday emas. Ayollarning ham juda ko’pchiligi bu muammoga duch keladi. Mutaxassislarning fikriga qaraganda,

Gemaroy paydo bo’lishi to’g’ridan-to’g’ri kishilarning hayottarzi qanday ekanligiga bog’liq. Shuning- dek, u ota-ona tomonidan nasldan-naslga meros sifatida o’tishi mumkin.

Ayollardagi Gemaroy birinchi belgichari
Gemaroyning birinchi belgilari ayollarning hammasida har xil shaklda namoyon bo’ladi. Juda ko’p holatlarda hech unga etarli darajada e’tibor qilmaydi.

Mana nimalarga e’tibor berish kerak:

– Orqa chiqaruv teshigida noqulaylik va noxushlikni sezish.

– Defekatsiya vaqtida uncha ko’p bo’lmagan qon oqishi.

– Orqa chiqaruv teshigining shamollashi va shishlar.

– Orqa chiqaruv teshigi atrofida og’riq yoki sanchiq.

-Gemaroytugunlariningtushishi yoki bo’rtishi.

– Shilimshiq ajralib chiqishi.

Bu belgilarning har biri zudlik bilan shifokorga murojaat etish kerakligi haqidagi ogohlik qo’ng’irog’i hisoblanadi.

Negaki, faqat mutaxassisgina bu – bavosir- ning yoki boshqa jiddiy kasallikning belgisi ekanligi- ni aytishi mumkin.

Ayollardagi Gemaroy alomatlari

Ayollarda bavosir alomatlari har xil bo’lishi mumkin. Bu kasallikning qanday bosqichda ekanligi va ayollar or- ganizmining o’ziga xos jihatlariga bog’liq.

Gemaroy har doim asta-sekinlik bilan rivojlanadi, u bir kunda pay- do bo’lmaydi. Bu kasallikning qay darajada ekanligiga quyidagi alomatlar izohlab beradi:

– orqa chiqaruv teshigida qichima va achish paydo bo’lishi.

– orqa chiqaruv teshigi atrofida qandaydir begona tana bordek sezgi uyg’onishi.

– to’g’ri ichak va axlatda qon paydo bo’lishi.

– harakat qilganda yoki o’tirganda orqa chiqaruv teshigi- da kuchli og’riq sezilishi.

– Gemaroy tugunlariningtushishi.

– Oshqozonda noxushlik paydo bo’lishi.

– Ichning butunlay bo’shashini sezmaslik.

– Shishlar.

Agar kuchli shamollash jarayoni yuz berayotgan bo’lsa, bu ka- sallik kuchayishiga olib keladi, natijada tana harorati ko’tariladi, bavosir tugunlari esa ko’k tusga kiradi.

Ayollardagi Gemaroy paydo bo’lish sabablari

Ilgarilari bavosirni «podshohdar kasalligi» deb ata- shgan. Hozir esa uning zamonaviy nomi: «tamaddun kasal- ligi».

Ushbu ikki atama ham Gemaroy paydo bo’lishi- ning azaliy sababi, ya’ni bir joyda o’tirgan holda ishlash yoki kam harakatga asoslangan hayot tarzini anglatadi. Bu – Gemaroy hosil bo’lishida eng asosiy sabablar, ammo boshqalari ham bor:

– kichik tos a’zolari va orqa chiqaruv teshigida qon ay- lanishi muvozanatining buzilishi.

– ich qotishini keltirib chiqaradigan uzoq muddatli parhez.

– yosh qizlarda bavosir hayz ko’rish davrida paydo bo’li- shi mumkin. Chunki, bu davrda qon kichik tosga qarab oqadi.

– ayollar ichki a’zolarining shamollashi, bunga qo’shimcha sabab – vena va kichik tosdagi tomirlarda qonning harakatsiz qolishi.

– Uzoq vaqt oyoqda yurish yoki aksincha, uzoq vaqt bir joy- da o’tyrib ishlash.

– kompyuter oldida uzoq o’tirish tananing rektal qismi mushaklarini sustlashtiradi, natijada kichik tos va orqa chiqaruv teshigida vena qon tomirlarining turg’unligi yuzaga keladi.

– Ideal tanaga ega bo’laman degan ba’zi ayollar organiz- mni tozalovchi klizma qabul qilishadi. Bu esa orqa chiqaruv teshigi mushaklarining bo’shashishiga olib keladi.

– favqulodda tez-tez takrorlanadigan va orqa chiqaruv teshigi bilan bog’liq qo’pol jinsiy munosabat. Bu juda yomon ish.

Favqulodtsa tez-tez takrorlanadigan va orqa chiqaruv teshigi bilan bog’liq qo’pol jinsiy munosabat (mozalloh) oqil va oqila kishilarnchng ishi emas.

Bu butkul betarbiya va ayolni buyum o’rnida ko’ruvchi kimsaning ishi. Ayol, zaifaning ham bunga so’zsiz rozi bo’lishi tarbiya va odtsiy odob-ahloqdan juda uzoqda o’sganligidan dalolat. Ayni vaqtda o’z insonlik qadri-sha’nini bilmaslik bu.

– homiladorlik va ko’z yorishlar.

– kichik tos qismida paydo bo’lgan o’smalar.

– ortiqcha vazn.

– Kichik tosda qon oqishiga sabab bo’ladigan bir-biriga bog’liq kasalliklar va oqibatda vena varikozining ken- gayishi.

Ayollardagi bavosir nimasi bilan xavfli?

Ayollardagi bavosir qaysi jihatlari bilan xavfli ekanligini hamma ham bilavermaydi.

Tugunlarda qon ivishi

Kasallikning keng tarqalgan asoratlaridan biri bu – odatda tugunlarda qonning ivib qolishi hisoblanadi. Ichni axlatdantozalash maqsadida kuchanish va zo’riqishdan so’ng ko’pincha bavosir tugunlarining bo’rtigi paydo bo’la- di.

Ushbu bo’rtiq ba’zan to’g’ri ichakda qon aylanishining buzilishi bilan birga ko’rinish beradi. Bu o’z navbatida qon ivishi jarayonining kuchayishiga olib keladi.

Juda ko’p hollarda orqa chiqaruv teshigida kuchli.og’riq, ich qotishi, tugunlar bo’rtigi va yoqimsiz hidga ega yarim suyuq ajratmalar paydo bo’ladi. Tashqi tarafdan tekshirilganda Gemaroy qon ivishidan hosil bo’lgan tugunlar oq yiring ko’rinishini oladi.

Shuningdek, kasallik asoratlari orqa chiqaruv teshigi- dan oqadigan qon shakli bilan xarakterlanadi. Bunday qon oqish jarayoni to’g’ri ichakning shikastlanish darajasidan darak beradi. Shuninguchun ham ilk qon oqqan paytdayoq albatta mutaxassis-shifokorga murojaat etish kerak.

Paraproktit
Gemaroyning asoratlaridan biri – paraproktit, ya’ni orqa chiqaruv teshigi yoki to’g’ri ichak to’qimalarining yi- ringli yallig’lanishiga sabab bo’lishi mumkin.

Bu kasallik paytida orqa chiqaruv teshigi to’g’ri ichakdagi shamollagan to’qimalar fasod bog’lay boshlaydi.

Paraproktit surunkaliyoki o’tkir bo’lishi mumkin
Surunkali paraproktit bu – kuchaygan bavosirni ioto’g’ri davolash oqibatidir. O’tkir paraproktit esa shaxsiy gigienaning oddiy qonun-qoidalariga rioya qilmaslik, orqa chiqaruv teshigida yoriq va jarohatlar paydo bo’lishi natijasida vujudg’a keladi.

To’g’ri ichak yaqinida joylashgan bezning shikastlani- shi ham Gemaroy yoqimsiz asorati hisoblanadi. Aynan mana shu buzilish to’g’ri ichakka infektsiya tushishi uchun sharoit yaratadi.

Natijada shamollash zo’rayadi, yiring bog’lagan yaralar vujudga keladi. Buning ustiga yiringli yaralar ichakda va chot orasiing teri ostida paydo bo’lishi mumkin.

Paraproktit alomatlari
Gemaroydan farqli ravishda paraproktit hech qanday alomat yoki belgilarga ega emas, u kutilmaganda paydo bo’ladi. Bu asorat darmonsizlik, harorat ko’tarilishi, za- iflik, kuchli og’riq va badan qaltirashida aks etadi.

Orqa chiqaruv teshigida juda ham qizirgan teri qoplamalari paydo bo’ladi. Shuning uchun ham kasallik kuch-quvvatga to’lib ketmasdan o’z vaqtida hamma zarur chora-tadbirlarni ko’rish muhim ahamiyatga ega.

Nima qilmoq kerak?
Agar bavosir o’z asoratini paraproktit shaklida na- moyon qilgan bo’lsa, uni darhol davolash kerak. Aksincha, bundan ham ko’ra og’ir asoratlarga, jumladan, asta-sekin ichak devorlarining emirilishiga olib keladi.

Bu jarayon ayol kishining jinsiy a’zolariga tarqalib ketishi mum- kin. Ayniqsa, u homilador bo’lsa bu judayam xavfli.

Ta’kidlash kerakki, har bir kasallik asorati faqat o’z vaqtida davolanmaslik oqibatida yuzaga keladi. Shu- ning uchun ham yoqimsiz asoratlardan xalos bo’lish oson emas.

Buning uchun kasallikning ilk alomatlari ko’rin- gan zahotiyoq tegishli mutaxassis-shifokorga murojaat qilib, davolashni o’z vaqtida boshlash kerak.

Ayollardagi Gemaroy asoratlari
Juda ko’p bemorlar kasallikning o’zi o’tib ketadi degan fikrda proktolog-shifokor huzuriga borishni orqa suradilar.

Aslida bu – organizmga kuchli ziyon keltiruvchi jiddiy xato. Nega deganda, bemor etarli darajada davolanmaganidan so’ng bavosir asoratlari kuchayib ketadi.

Gemaroyning asosiy asoratlariquyidagilardan iborat:
– Yo’g’on ichakning shilliq pardalarida paydo bo’ladigan o’simtalar. Ichak devorlarida o’simta yoki shishlar mutlaqo sezilarsiz va og’riqsiz yuzaga keladi, uni faqat har tomonlama tekshiruv orqali aniqlash mumkin. Bu o’simta yoki shishlar xavfli, nega deganda, ular saraton xastali- gining rivojlanishini kuchaytiradi.

– To’g’ri ichak saratoni. Insonning yoshi ulg’aygan sari uning to’g’ri ichagida saratonning rivojlanish xavfi ngu qadar kattalashadi.

Bu kasallikning klimaks davri, ya’ni jinsiy bezlar faoliyatining to’xtashi arafasidagi ayol- larda paydo bo’lishining exd-imoli eng yuqori. Aynan shuning uchun ham proktologning profilaktik tekshiruvla- ri muntazam o’tkazilishi kerak.

– Kolit, ya’ni yo’g’on ichakningyall ig’lanishi. Bu kasallik- ning alomatlari – bemordagi diariya, qorin qappayishi, orqa chiqaruv teshigi za qorin qismidagi kuchli og’riqdan iborat Ichakning ushbu kasalliklari juda ko’p hollarda bavosir bilan birga rivojlanadi va bu jarayonni o’z vaqtida bilish har doim ham nasib etavermaydi.

– Ich qotishi – bavosir paydo bo’lishining ko’p sabablaridan biri. Bunda yo’g’on ichak bo’shanishida qiyinchiliklar tug’ilishi kasallikning 2-yoki 3-bosqichlaridan boshlanadi.

Ich qotishidan xalos bo’lish uchun to’g’ri parhezga rioya qilish, zararli mahsulotlardan voz kechish va ko’proq klet- chatka, d’ni sabzavot va mevalar iste’mol qilish muhim ahamiyatga ega.

– Orqa chiqaruv teshigida yoruql#rning yuzaga kelishi- ga iad qotishi, uzoq vaqt qattiq stulda o’tirib ishlash, zo’riqish, kuchanish va noto’g’ri ovqatlanish sabab bo’lyshi mumkin.

Bu yoriqlar og’riq berishi bilan bir qatorda bak- teriya tarqalishi va organizm ichkarisiga infektsiya tu- shishiga juda qulay sharoit yaratishi bilan xavfli.

– Paraproktit – orqa chiqaruv teshigidagi to’qimalar va teri qatlamlarining shamollashi va buzilishi.
– Kriptit – to’g’ri ichakdagi ko’richak o’simtasining sha- mollashi. Aynan mana shu asoratdan paraproktit boshla- nishi va halokatli o’simtalar paydo bo’lishi mumkin.

– Yarali kolit – yo’g’on va to’gri ichak devorlarining sha- mollashi. Bunda shilliq pardalar shamollaydi va yaralar bilan shikast etkazadi.

Gemaroy ayol kishining homiladorlik davrida homilani ko’tarib yurishiga juda kuchli ta’sir qiladi. Bo’lajak ona boshidan kechiradigan noqulayliklar sog’lom ayollarga nisbatan ancha kuchli yuz beradi. Natijada tug’ishdan keyingi davr cho’zilib ketishi va bavosir tufayli yanada og’riqli bo’lishi mumkin.

Bu asoratlarning faqat ayrimlari, xolos, ammo ular bavosir davolanmaganidan so’ng istagan vaqtda o’zini na- moyon qilishi mumkin. Shuning uchun ham bu kasallik o’z- o’zidan o’tib ketishi mumkin degan xayolga borishdan oldin uning asoratlari qanday bo’lishini o’ylab ko’rish kerak.

Ayollardagi bavosir qanday davolanadi?
Shifokor bemorni davolash maqsadida kerakli dori- darmon belgilashdan oldin kasallikning darajasini aniqlab oladi.

Birinchi bosqich
O’zingiz ham orqa chiqaruv teshigida uncha katta bo’lma- gan zichlashish (shish) borligini ushlab ko’rishingiz mum- kin. Defekatsiya jarayonidan so’ng bu joyda achish va qichish seziladi. Agar o’z vaqtida shifokorga murojaat qilinsa kasallikni bu bosqichda 2 yoki 3 haftada davolash mumkin.

Ikkinchi bosqich
Gemaroy natijasida qotgan joy kattalashgan, u ancha og’riydi va zichlashgan. Defekatsiya paytida bu shish tashqariga chiqadi, shundan so’ng ichkariga qaytadi.

Orqachiqaruv teshigidan shamollagan suyuqlik qon aralash sha- klda ajralishi kuzatiladi. Aynan mana shu to’g’ri ichakdagi shilimshiq suyuqlik bemorda noqulaylik va jizzakilik uyg’otadi. Kasallikning ushbu bosqichida ayollarning 80 % dan ko’prog’i shifokorga murojaat etishga harakat qiladi.

Uchinchi bosqich
Uchinchi bosqichda bemorlarning 18 foizi kasallikning hamma alomatlariga e’tibor qilmay aziyat chekishda da- vom etadi. Bu bosqichda bavosir tugunlari defekatsiya paytida ajralib chiqadi, faol harakat qilganda qiyinchilik ortadi.

Avvalgi o’rganib qolingan holatda o’tirish juda noqulay va og’riqli kechadi. Davolanish vaqtidan o’tib ket- gan kasallik zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni talab etadi.

To’rtinchi bosqich
Kasallikning ushbu bosqichida eng chidamli ayollarning 2%i hamma noqulayliklarga bardosh berib, shifokor huzuriga bormasdan, hech bir natija chiqmasa-da, o’z-o’zini davolash bilan shug’ullanadi.

Kasallikning birinchi bosqichida kasalxonada yotmasdan uyda davolanishga ruxsat beriladi. Ammo ikkinchi va uchinchi bosqichlarda bemorning kasalxonada yotib davolanishi talab etiladi.

Gemaroyni davolash vaqti o’tib ketganda yoki to’rtinchi bosqichda davolanish faqat jarrohlik yo’li bilan amalga oshiriladi.

Gemaroyni davolashning bir necha usullari bor:
– Mahalliy sharoitda foydalanadigan dori-darmonlar: bu – rektal usulda qo’llaniladigan malham va sham- chalardan iborat.

Ular og’riq, qichima, achish va shamollashjarayonlarini yo’hotib, asosan kasallikning boshlang’ich bosqichida yaxshi samara beradi. Shuningdek, keyingi bosqichlarda ulardan og’riqni qoldiruvchi yoki qon ayla- nishini tiklovchi vosita sifatida foydalaniladi.

– Ichish uchun dori-darmonlar: tabl etkalar, ko’p hollarda ichni suradigan, venalarning yallig’lanishi va og’riqni qoldiruvchi antibiotiklar.

– Kasallikning boshlang’ich bosqichida skleroterapiya usuli samara beradi.

– Davolash vositasi sifatida yana bir usul qo’llaniladi: bavosir tugunlari bitta doiraga qamaladi va 2 haftadan so’ng ularning o’zi butunlay tushib ketadi.

– Agar yuqorida qayd etilgan usullar hech qanday natija bermagan taqdirda faqat to’rtinchi bosqichda jarrohlik amaliyoti qo’llaniladi.

Ayollardagi Gemaroy profilaktikasi
Gemaroy degan yoqimsiz kasallikdan o’zingizni va orga- nizmingizni asrash uchun uning profilaktikasi bo’yicha ba’zi bir tavsiyalarni bajarish kerak:

– Ichak faoliyati tartibli ishlashi keraq. Demak, unda ich qotish yoki ich ketish bo’lmasligi lozim. Taomnomanin- gizda suyuq ovqatlar va juda ko’p kletchatka, ya’ni sabzavot va mevalar bo’lishi zarar.

– Defekatsiya, ya’ni yo’g’on ichakning bo’shanishida kuchli zo’riqish va kuchanishdan qochish kerak.

– Taomnomangizdan juda achchiq va ngo’r ovqatlarni, shu- ningdek, spirtli ichimliklarni olibtashlashingiz lozim.

– Har kuni 2 litrdan kam bo’lmagan filtrlangan ichim- lik suvi ichish tavsiya etiladi.

– Agar ishingiz bir joyda uzoq o’tirishni talab qilsa, unda har 15-20 daqiqadan so’ng tanaffus qilib, o’tirgan o’rningizdan turish va zinapoya bo’ylab yurish kerak.

– Avtomobil haydovchilargy hech bo’lmaganda har uch so- atda chigilyozdi mashqlarini bajarish tavsiya etiladi.

– Ishda ham, uyda ham ko’proy, qattiq kreslo va stullarga o’tirishga harakat qilgan ma’qul.

– Og’ir yuk ko’targanda qattiq kuchanmaslik va zo’riqmaslik kerak.

– Homilador ayollar albatta har kuni toza havoda piyoda sayr qilishlari va murakkab bo’lmagan mashqlarni baja- rishlari tavsiya etiladi.

Kasallikning yoqimsiz asoratlaridan qochish uchun uning profilakttg’kasi bilan ngug’ullanish judayam muhim.

Bundan tashqari, mutaxassis-shifokorga o’z vaqtida mu- rojaat etish kerak. Gemaroyning dastlabki bosqichida sog’likka hech bir ziyon-zahmat etkazmasdan davolanish an- cha-muncha oson kechadi. Bu asorat va salbiy oqibatlardan xalos etadi.

Negaki, davolash – bir narsa, kasallikning sababi esa bupunlay boshqacha bo’lishi mumkin.

Ayollarning homiladorlik davridagi bavosir
Homiladorlikdagi bavosirni qanday davolash kerak? Kasallikning sabablari va alomatLari

Ayollarning homiladorlik davridagi bavosir – yo’g’on ichak qon tomirlaridagi patologik o’zgarishlar bilan izohlanadi.

Odatda bu kasallikning paydo bo’lishi – venadagi qonning harakatsiz turib qolishi va o’sha joyda bavosir tugunlarining yuzaga kelishi bilan bog’liq.

Bu o’z navbatida orqa chiqaruv teshigidagi vena qon tomirining kengayishyga olib keladi. Proktologiyada ushbu kasalmpg Gipmlapgich va ikkilamchi bavosir shakllariga ajratilldi.

 

No votes yet.
Please wait...