ASAB KASALLIKLARI DAVOLASH UCHUN ENG SAMARALI YO`LLAR

ASAB KASALLIKLARI DAVOLASH UCHUN ENG SAMARALI YO`LLAR

15.05.2018 0 By Davolash.uz

ASAB KASALLIKLARI DAVOLASH UCHUN ENG SAMARALI YO`LLAR

Asablarning 3 xil, ya’ni: mizoj, qurol, uzluksizlik buzilishi kabi kasali bo’ladi. Asablarning tabiiy sezish va harakat qilish ishlarida zararlanish yuz beradi. Kelib chiqishda zo’raki harakatlarning juda katta va boshqa narsalardan ko’ra ko’proq daxli bor.

Asablar harakat qurolidyr, masalan arqon tortish, ogir yuk ko’tarish, cho’zilish, qisqarish va yiqilishga sabab bo’ladigan hamma harakatlardan zo’raki harakatlar sodir bo’ladi.

Asablarning ahvoli haqida ularning sezish harakatlanishlari yumshoq va qattiq tuyulishi, ularga miya va umurtqalarning hamkorli ogriqlari va asablarga xos moddalar, shuning- dek, miya ahvoli belgilarining ko’pchiligi, ya’ni miya ishlarining zararlanishi va boshqa tegib bilishga asoslanib hukm chiqariladi.

ASAB KASALLIKLARI haqida

Asab kasalliklaridan biror kasallikning ho’l yo quruq (mizojdan) ekanligi shubha bo’lsa, uning qanday paydo bo’lganligi o’ylab ko’riladi.

U to’satdan paydo bo’lsa, ho’l mizojdan ekanligiga shubha qilinmaydi. Shuning- dek, kasal a’zoning yogni shimishiga qaraladi: agar yog’ni tez shimsa, kasalning quruq mizojdan ekanligi ma’lum bo’ladi. Asabni davolashdagi eng yaxshi tadbir a’zoni tozalashdan keyin qilinadigan badan tarbiyadir, har bir a’zoning o’ziga yarasha badan tarbiyasi bor.

Badan tarbiya engilrog’idan boshlanadi. Sovuq mizojga asablarni bo’shatishda hamma o’simlik va hayvon yoglarining quyqasi, masalan: zaytun, zig’ir, kunjut, chigit, kungaboqar yog’i sur- tiladi, ularning qattiqligi yumshatiladi.

Asab jarohatlarining dorisi issiq va quruq qismlari latif, harorati mo’’tadil, achishtirmaydigan bo’lib, quritishi juda kuchli, tortuvchi va burishtirmaydigan bo’ladi. Jarohatlarning kuchli quritadigan har bir dori tortish xususiyati bo’lmagan sirkaga ezib latiflash- tiriladi.

Goho sirka o’zining latiflashtirish xususiyati bilan doriga aralashganda undan latif bir harorat chiqarishi mumkin. Dorining chuqur etib borishi uchun ba’zi vaqtlarda kuchli haroratga ega bo’lgan narsaga ehtiyoj seziladi, uning kuchi so’ndiriladi va mo’’tadil qilinadi.

Shunda dori bir qadar qizdiruvchi va kuchli qurituvchi bo’ladi. Agar nerv ochilib qolgan bo’lsa, u o’tkir narsaga chiday olmaydi, chunki u nervga katta zarar keltiradi. Agar dori yoki jarohat ustiga ishlatiladigan latta parchalari sovuq holida ishlatilsa ham shunday bo’ladi, chunki nerv sovuqtsan qattiq zararlanadi. Asabda jarohat paydo bo’lganda uni bitirish uchun shoshilish kerak emas, lekin avval issiq lattalar, qizdiruvchi yoglar, ayniqsa, zaytun yogi bilan kompress qilib og’riqni to’xtatish kerak.

Zaytun yog’ida bir qadar burishtirish hamda qizdirish xususiyati bor. Yog’larning qizitilishi iliqlikdan yuqoriroq bo’lsin, chunki iliq narsa sovuq narsa jumlasidandir. Shuningdek, shishni to’xtatishga ham e’tibor berish kerak.

Sikanjubin va ko’l suvidan boqila, yovvoyi yasmiq, no’xat, Misr achchiq boqilasining uni bilan qo’shib tayyorlanadigan, shuningdek, arpa va boshqa narsalarning talqonidan yasalgan quyuq surtmalar ham foydali dorilar- dandir.

Bu dorilar shish paydo bo’lishdan oldin ham ishlatiladi. Ba’zan engil tadbirlar qo’llash foyda qiladi. Bu tadbirlarni qo’llash va tomirdan qon olish hamda bo’shatish orqali chiqindining quyilib kelishidan xotirjam bo’linsa, et bitadi.
Jarohatdagi og’riq hech mahal issiq suv bilan to’xtatilmaydi.

Balki latif tarkibli burishtirmaydigan va haddan tashqari isitib yubormaydigan yog bilan to’xtatiladi. Chunki haddan tashqari issiq yoki sovuqlik nerv jarohatiga to’gri kelmaydi. Ko’pincha nerv jarohatlari sogayishiga yaqinlashib qolganda sovuq tegib, ogrigi zo’rayadi va aziyat qaytalaydi. Shunda darhol og’riqni to’xtatish va qizdiruvchi yog’lar surtish tadbirlarini qo’llash zarur bo’ladi. Agar nerv ochilib qolgan va uzunasiga kesilgan bo’lsa, uni et bilan biriktirishga harakat qilinadi.

asab davolash yo`llari

So’ng uning ustiga biz aytib o’tgan biror narsa – sochilishdan bo’lgan jarohatlarning dorilari qo’yiladi, enli latta bilan jarohatni biriktirib soglom joydan ham bir qancha qo’shib bog’lab ko’yiladi. Agar jarohat eniga qarab cho’zilgan bo’lsa, uni tikishdan boshqa iloj yo’q, chunki tikilmasa birikmaydi. Bitirish ishi shoshilinch amalga oshirilib, natijada ko’ndalang jarohatning sasib chirishidan qo’rqilsa, uni kesish mumkin bo’lgunga qadar shishdan va chirishdan saqlab qolish kerak. Chunki shish va sovuq tegishi tirishishni paydo qiladi.

Chirish esa u a’zoni ishdan chiqaradi. Shuning uchun jarohat og’zini u sog’aygandan keyingina bitirish va biriktirish kerak bo’ladi. Jarohatlarning ogzi tor bo’lsa, kengaytiriladi. Chunki torlik jarohatdan zardob va boshqa narsalar yig’ilishi sababli chirishga olib boradi va og’riq kuchayadi. ASAB KASALLIKLARI

Shunday bo’lgach, jarohat yaxshi qurib, har qanday shish va chirishdan bexavotir bo’lgandan keyingina bitirish lozim: nerv jarohatida boshqa xil jarohatlardan ko’ra dori dokasini tez-tez ochib boglashga ehtiyoj bo’ladi. Ba’zan bir kunda yoki bir kechada 2-3 marta echib bog’lanadi (qish oylari).

Kecha va kunduz uzoq bo’lsa, ayniqsa, jarohat achishib tursa, kechasi yoki kunduzi boyloqni echib qo’yishga to’gri keladi. Jarohat achishsa, bunga ehtiyoj kamroq bo’lib, ertalab va kechqurun ikki marta bog’lash kifoya qiladi. Bi- ror sabab nerv jarohatiga, ayniqsa, ochilib qolgan nervga yog’ ishlatishga to’g’ri kelsa, uning ustiga avvalo zaygun yogi surtish kerak. Jolinus shunday deydi:

«Bir kishiga uchi ingichka temir sanchilib, terisini yirtgan va qo’l nervlaridan biriga borib etgan. Shunda tabib unga bitiruvchi malham qo’ygan,’ tabib bu malhamni go’shtdagi katta jarohatlarda et bitirish uchun ishlatib yurgan, u joy shishgan. Jarohat ustiga bug’doy uni, suv va zaytun yog’ining quyuq surtmasi kabi bo’shashtiruvchi dorilar qo’ygan.

U kishining qo’li chirigan va o’zi o’lgan». Yaralarda tirishtirish yuz berganida, agar terining yorilgan joyi to’silib qolgan bo’lsa, uni ochish va bu xil yaralarga foydali qurituvchi, juda latif dorilarni ishlatish va dorini yara chuqurlariga etkazishga harakat qilish lozim. Jarohat sanchilishdan bo’lib, shishsiz bo’lsa, o’sha sanchilgan joyning o’zigina davolanadi. ASAB KASALLIKLARI

Bunday dorining kesilgan joyga ishlatiladigan doridan ko’ra harorati va quritish quvvati kuchliroq bo’lishi kerak, chunki bunday dori zararlangan joyga osonroq etib boradi. Asablari jarohatlangan kishiga beriladigan ovqat juda ham latif bo’lishi kerak.

Jarohatda og’riq va shish paydo bo’lganida, ayniqsa, jarohat ko’ndalaniga bo’lganda, ko’p ovqat iste’mol qilishi zarur, chunki bu paytda, masalan, behushlik yuz berishidan tomiridan qon olishga ehtiyoj paydo bo’lishi mumkin.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

gemaroyni uy sharoitida davolash

chimildiq uchun eng sara savollar

shok yigitlar uchun uy sharoyitida kattalashtirish

oshqozon davolash

prostatitni 44 ta super tabiiy davolash

Bunday kasal yotadigan joy yumshoq bo’lishi, jarohatga yaqin a’zolarni yoglab turish, shuningdek, ayniqsa, jarohat badanning yuqori qismida bo’lganida bosh, bo’yin va ikki qo’ltig’ini yog’lab turish kerak. Jarohat quyida va pocha to- monda bo’lsa, qovuq va chovni ham yoglab turish kerak. ASAB KASALLIKLARI

Asab kasalliklari  davosi:

300 gramm yong’oq mag’ziga, 200 gramm qora kishmish mayizini qo’shib go’sht maydalagichdan ikki marta o’tkazib, undan 3 mahal 1 choy qoshiqqa 50 gramm saryog qo’shib eyish lozim (18 kun).

Asab faoliyati ish qobiliyatini oshiradi, muskullar
faoliyatini yaxshilaydi, bosh og’riqlar qoladi. Oshqovoq ildizini qaynatib, suvi 18 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, asab kasaliga aniq foyda qiladi.

1. Oshqovoq ildizini 15 kun 3 mahal qaynatib 100 grammdan ichilsa, foyda qiladi.

2. Xantalni quruqligicha 15 kun 3 mahal 1 tabletka kattaligida iste’mol qilsa ham bo’ladi.

3. Ismaloq, gazanda va bo’tako’zni baravar qo’shib kaynatib ichilsa, shifo bo’ladi.

4. Bangidevona bargini quritib, burunga tortib hidlasa, tuzaladi (4-5 mahal).

5. 500 gramm shirin bodomga, 500 gramm shakar ara- lashtirib tuyib, talqonini 15 kun 3 mahal och holda 3 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, miyaga quvvat beradi, aqlni ziyoda qiladi, fikrni ravshanlashtiradi.

6. Semizo’tning 900 grammiga, sumbulqoqining 300 grammini qo’shib, tuyib, 15 kun 3 mahal 1 osh qoshiqtsan och holda iste’mol qilinsa, asabdan yuz beradigan uyqusizlikni, iztirob, tashvish va yurak siqilishlarini yo’qotadi.

7. Asab kasaliga yo’liqqan bemor 450 gramm yong’ok bargini maydalab, 40 minut qaynatib, suvini badanlariga 3—4 mahal sursa, shifo topadi.

8. Lavlagi ildizidan suv olib, suviga teng baravar asal qorishtirib, 15 kun 3 mahal burunga tomizilsa, miya- dagi zararli mikroblarini o’ldiradi.

9. Achchiq oshqovoqning guli suvidan 18 kun 3 mahal burunga tomizilsa, miya illatlarini ketkizadi.

10. 25 kun 3 mahal och holda xantal talqonini 1 tabletka miqtsoricha kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, xotira va ko’z nurini ravshanlashtiradi.

11. Agar arpaning ho’l bargini ezib, 7 kun 1 mahal boshga bog’lab yurilsa, miyani va uning pardalari shamolla- shini (meningitni) davolaydi. ASAB KASALLIKLARI
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

No votes yet.
Please wait...