ANGINANI DAVOLASH KASALLIGNI OLDINI OLISH UY SHAROITIDA

ANGINANI DAVOLASH KASALLIGNI OLDINI OLISH UY SHAROITIDA

15.05.2018 0 By Davolash.uz

ANGINA DAVOLASH KASALLIGNI OLDINI OLISH UY SHAROITIDA

Kuz va qish fasllarida, ko’pincha yosh bolalarda shamollash natijasida bodomsimon bezlar yallig’lanadi, hatto, yara yoki yarachalar paydo bo’ladi.

Ovqat eyish qiyinlashadi, nafas olish tartibi buzilib, tomoqtsan havo o’tishi ham murakkablashadi. Bola isitmalab, injiqlanib qoladi. ANGINANI DAVOLASH

Zamonaviy tibbiyot angina deb atovchi bu kasallik bolaning umumiy salomatligiga salbiy ta’sir qiladi, shu sababli ham oila a’zolari bezovtalanib, uni tezroq davolashga urinishadi. Garchi bu kasallik, ya’ni angina og’ir va xavfli bo’lsa ham, uni xalq tabobati yo’lida osongina davolash mumkin.

Buning uchun ozroq tayyorlanish kerak: anginani davolash usullari

Avvalo, uzunligi 15 sm bo’lgan ingichka cho’p olib, uchiga toza doka o’raladi. Endi quyidagi 6 xil dorini alohida piyolada tayyorlab, cho’pning dokaga o’ralgan uchi bilan tomoq ustiga, yonlariga surtib chiqish kerak.

1. Siyoh rangli piyozdan bir donasini o’tning qo’riga G’shib, 10-15 daqiqa pishirib olinadi, piyozning ustki shatini olib tashlagach, suvini siqib piyolaga quyish
kerak.

2. Bir gramm toza mo’miyoni sutda eritib, piyolaga quyish kerak, u ham iliq bo’lsin.

3. Aloe bargining suvidan bir qoshiq tayyorlash kerak.

4. Qora qo’chqorning eritilgan dumbasidan bir qoshiq kerak.

5. Piyolaga bir qoshiq toza kerosin olinadi.

6. Oltinchi piyolaga bir qoshiq toza asal solinadi.

Shunday qilib, bolaning tomog’iga 6 xil dori surtiladi, surtish har soatda takrorlanishi shart, ya’ni 6 xil dori har soagda birin-ketin surtiladi. Endi qora ziradan 1 choy koshigii 3 pi«la suvda, bir piyola kolguncha kaynatib, u bklan bolaning og’zini chayqash, ya’ni g’ar g’ara qildirish kerak.

Kasal bolaga na’matakdan choy qilib berish lozim. Uni uzoq qaynatib, suvini issiq- issiq ichirish zarur. Anjir qoqini qaynatib, suvini ichirib turish kerak. Yotish oldidan oyoqlarini issiq suvda to u sovi^uncha ushlab turish, so’ng oyoq kaftiga kompress qilib, paypoq kiydirib yotqizish darkor.

Ovqatlari suyuq bo’lishi, kovurilmagan bo’lishi shart. Suyuq xamir ovqatlar mumkin emas. Shirinliklar ham vaqtincha eyilmaydi. Sutli ovqatlar ham eyilmaydi.

Yuqoridagi dorilar yordamida bola 2-3 kunda sog’ayib ketadi. Biroq kichik til ustida yaralar bo’lsa, davolanish biroz cho’ziladi. Davolash davrida bolani issiq tutish, sovuq narsalar edirmaslik va ichirmaslik shart. Yana bir muhim dori – yotish oldidan tomog’iga asal kompress qilinsa va bola o’rab uxlatilsa, u tez va oson tuzaladi.

Kichik til yallig’langanda uning harorati bemorning badan haroratidan yukori bo’ladi. Surtilgan dorilarning issiqligi esa, kichik tilning haroratidan pastroq bo’lishi shart.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

Yuqorida anginani davolashning birgina usulini izoxdadik, xolos.

Zirk po’stlog’ining 300 grammini 3 litr suvda 1 kun koldirib, so’ng 30 daqiqa past olovda qaynatib, qaynatmani og’izga olib, 12 daqiqadan ushlab tashlansa, angina kasalligi tuzaladi. Kichik til kasalligining yana bir qancha davolash usullari ham bor. Kichik tilning faoliyati, tuzilishi, kasal bo’lish sabablari va ularni davolash haqida, butun boshli risola yozish ham mumkin. Lekin eng yaxshisi kichik til kasalligining oldini olish, binobarin. bolalarning shamollashiga yo’l qo’ymaslikdir.

Tomoq og’rig’i (angina) qondan yuz bersa, alomati ko’zning qizilligi, tomirning to’laligidir.
Undan davolanishga ushbu tartibda tayyorlangan nilufar gul sharbati kerak bo’ladi: nilufar gulidan 4 misqol olib, 1 piyola suvda yarmi qolguncha qaynatiladi, so’ng dokadan o’tkazib, 40 misqol oq qandga qo’shib, qiyom hosil bo’lguncha qaynatiladi. ANGINANI DAVOLASH

Davolash: qaynatmadan 8 kun 3-5 mahal 1 qoshig’ini og’izda 12 daqiqa ushlab, to’kib tashlansa, tomoq og’rigi tuzaladi.

No votes yet.
Please wait...