Burun bitishi

    burun bitishi

    BURUN VA TOMOQ SOHASIDAGI OG’RIQLAR
    degan edi ingliz shoiri Aleksand Pop. U qaysi kasallik bo’lishidan qatiy-nazar na faqat keksaytiradi, balki

    Mikelandjeloni «Go’zallik ma’budasi» yaratishga ilhomlantirgan INSONning go’zalligi va yoshligini ham ayovsiz emiradi.

    Amerikalik olimlarning bergan ma’lumotlariga ko’ra tomoq kasalliklari eng ko’p uchraydigan xastaliklardan biri bo’lib, bir yilda Amerika xalqining har o’ntadan bittasi anginani boshdan kechiradi. Tomoq og’rig’i shikoyati

    bilan shifokorg murojaat qilganlarning soni 40 milliondan oshadi. Respublikamizda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra 14 yoshgacha bo’lgan bolalarning har 5 tadan bittasida bir yilda 1-3 marta, har 8 tasidan bittasi 3-5 marta va nihoyat har 15 tadan bittasida 5 martadan ortiq tomoq og’rigi kuzatiladi.

    «Tomoq kasalliklari dunyoning barcha xalqlari orasida eng ko’p uchraydigan kasachliklardan hisoblanadi», – deydi Umumjahon Sog’liqni saqlash tashkiloti vakili Mishel Beninger. Tashkilotning eng katta mablag’i ham mazkur kasalliklar profilaktikasi va davosi uchun sarflanadi.

    Burun atrofida bir qancha bo’shliqlar bor, ularr yuqori jag’ (Gaymor), – egarsimon suyak. galvirsimon suyak va peshona suyagi bo’shliqlari kiradi.

    Mana shu bo’shliqlarning yallig’lanishi va iniga yiring yig’ilishi ham eng ko’p uchraydigan dardlardan bo’lib.

    Amerika xalqi bir yilda 1 milliard dollardan ortiq mablag’ini shu kasalliklarni balogardon qilishga sarflaydi.

    Yuqoridagilardan tashqari bu sohada rinit (burun yalliglanishi), faringit (halqum yallig’lanishi), parotit(quloq atrofi so’lak bezlari yallig’lanishi) kabi ka- salliklar g’am uchraydi.

    Tomoq og’rig’iga qo’shilib kelgan quyidagi hollarda shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qiling;

    Bosh va quloqlar sohasidagi kuchli og’riqlar.

    Nafas olishda og’riqning zo’rayishi va bo’yin sohasidagi shishlar.

    Tana haroratining keskin ko’tarilib ketishi.

    Tanada toshmalar paydo bo’lishi.

    Qorin va ko’krak sohasining og’riqlari.

    Nafas olishning qiyinlashuvi va havo etishmasligi.

    Burundan badbo’y va xira suyuqlik ajralishi.

    Yutishning qiyinlashishi.

    (Visited 24 times, 1 visits today)
    No votes yet.
    Please wait...
    News Reporter

    Fikr bildirish

    E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

    error: Content is protected !!